Rossiya terma jamoasi martda Peterburg va Krasnodarda o'ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyi oxirida ikki o'rtoqlik uchrashuvini Sankt-Peterburg va Krasnodarda o'tkazadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi bahs 27 mart, juma kuni mamlakatning shimoliy poytaxtida bo'lib o'tadi. 31 mart kuni esa Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa Krasnodarga yo'l oladi.
"Sport-Ekspress" xabariga ko'ra, ushbu o'yinlarda rossiyaliklarning raqiblari keyinroq ma'lum qilinadi.
Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov potensial sparring-raqiblar bilan muzokaralar allaqachon boshlanganini aytgandi.
Dyukovning ta'kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimoli inobatga olingan holda tuzilmoqda, biroq amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo'lgan ssenariy ham ko'rib chiqilyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing