Genich Arbeloaning Real Madriddagi haftasini telbalarcha deb atadi

Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich Madridning «Real» klubida bosh murabbiylikni endigina qoʻlga olgan Alvaro Arbeloa faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning aytishicha, Arbeloa uchun bu hafta nihoyatda ogʻir va noodatiy kechgan: «Albasete»dan uchib ketish, undan keyin «Levante»ga qarshi juda mashaqqatli bahs — jamoa amalda azob chekdi. Uning uchun hammasi ilk bor yuz berayotgan sinovlar bo‘ldi. Yana «Monako» ham bor», — dedi u «Komment.Shоу» YouTube kanalida.
Eslatib oʻtamiz, Arbeloa «qirollik klubi»ni boshqa ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoning isteʼfosidan soʻng qabul qilib olgandi.
«Real» keyingi uchrashuvini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining yakuniy turida Lissabonning «Benfika» klubiga qarshi oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!