Aleksey Andronov Verder Hoffenhaym uchrashuviga taxmin bildirdi

Germaniya Bundesligasining 16-turidan qoldirilgan bahsda Bremenning "Verder" jamoasi o'z maydonida "Hoffenhaym"ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov ushbu to'qnashuv bo'yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Andronovning ta'kidlashicha, ikkala jamoa ham hujumda samarali o'ynayotgani sabab eng ma'qul variant — "Hoffenhaym" yutqazmaydi va har ikkala jamoa gol uradi. U bu xulosani "Verder"ning yaqinda 3:3 hisobidagi natijasi ham tasdiqlashini qayd etdi.
"Verder" — "Hoffenhaym" o'yini bugun, 27 yanvar kuni Bremen shahridagi stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv 00:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing