Rossiya terma jamoasi martda ikki shaharda o‘ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuvlar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dastlabki o‘yin 27 mart, juma kuni Sankt-Peterburgda tashkil etiladi. 31 martda esa Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarga yo‘l oladi.
«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, bu uchrashuvlardagi raqiblar keyinroq e’lon qilinadi.
Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov ehtimoliy raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha muzokaralar allaqachon boshlanganini bildirgandi.
Shuningdek, uning aytishicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimoli inobatga olinib tuzilmoqda. Biroq amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ssenariy ham ko‘zda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!