Latsio safi yosh darvozabon Edoardo Motta bilan to'ldi

Rimning «Latsio» klubi tarkibini yangi darvozabon bilan kuchaytirdi: jamoaga Edoardo Motta qo'shildi. Bu haqdagi ma'lumot klubning rasmiy saytida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 yoshli posbon «Rejana»dan sotib olindi. Ushbu klub Italiya futbolining ikkinchi darajasi hisoblangan A Seriyasida emas, balki B Seriyasida ishtirok etadi.
Jurnalist Janluka di Marsio xabariga ko'ra, «Latsio» transfer uchun «Rejana»ga 1,2 million yevro to'lagan.
Joriy mavsumda Motta 21 uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol o'tkazib yubordi. Besh o'yinda esa darvozasi daxlsiz qolgan.
Ayni paytda «Latsio» A Seriya turnir jadvalida 29 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing