date

Latsio darvozabon Edoardo Mottani tarkibiga qo‘shib oldi

Latsio darvozabon Edoardo Mottani tarkibiga qo‘shib oldi

Rimning “Latsio” klubi tarkibini yangi darvozabon bilan kuchaytirdi: Edoardo Motta jamoaga qo‘shildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy manbalarida tasdiqlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli posbon “Rejjana”dan sotib olindi. Ushbu klub Italiya futbolining ikkinchi darajali ligasi — A Seriyasidan keyingi Seri Bda ishtirok etadi.

Jurnalist Janluka di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, “Latsio” futbolchi transferi uchun “Rejjana”ga 1,2 million yevro to‘lagan.

Joriy mavsumda Motta 21 uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yubordi. Besh bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Hozirda “Latsio” A Seriya turnir jadvalida 29 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Latsio darvozabon Edoardo Mottani tarkibiga qo‘shib oldi