date

Samsung kompaniyasi eski Galaxy S10 turkumi uchun kutilmagan yangilanish chiqardi

Samsung kompaniyasi eski Galaxy S10 turkumi uchun kutilmagan yangilanish chiqardi

"Samsung" kompaniyasi qo'llab-quvvatlash muddati uch yil avval yakunlangan "Galaxy S10" turkumidagi smartfonlar uchun kutilmagan dasturiy yangilanishni e'lon qildi. G97x0ZHU8HZB1 raqamli yangi proshivka hozircha Xitoy va Gonkong bozorlaridagi "Galaxy S10e", "Galaxy S10" hamda "Galaxy S10+" modellari uchun taqdim etildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi paketning hajmi 163 MBni tashkil etadi va u o'z ichiga yangi xavfsizlik patchlarini olmagan. Qurilmalar hamon 2023 yil fevral oyidagi xavfsizlik tizimida qolmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yangilanish faqatgina tizim barqarorligini oshirish va qurilmaning ishonchli ishlashini ta'minlashga qaratilgan.

Dasturiy ta'minotni o'rnatgan foydalanuvchilarning ta'kidlashicha, smartfonlar ishlashida sezilarli ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan. Xususan, menyu va ilovalarni ochish jarayoni ancha silliq va tezkor ko'rinishga kelgan.

Bu ushbu turkum uchun so'nggi ikki yil ichidagi ikkinchi rejasiz yangilanish bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Galaxy S10" seriyasi 2019-yilda "Android 9" operatsion tizimi bilan sotuvga chiqqan edi. Keyinchalik ushbu qurilmalar 2022-yilda "Android 12" va "One UI 4.1" interfeysigacha yangilangan.

Hozircha ushbu proshivkaning boshqa mintaqalarda tarqatilishi bo'yicha rasmiy ma'lumot mavjud emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung kompaniyasi eski Galaxy S10 turkumi uchun kutilmagan yangilanish chiqardi