Djikiya agenti futbolchining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiya bilan ishlaydigan agent Vladimir Kuzmichyov futbolchining «Antalyaspor»dagi holati va kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyada hammasi joyida va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani sababi mikrojarohat bo‘lgan, hozir esa to‘liq tiklangan va yaqin o‘yinda yana o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing