date

2030 yilgi mundial finali Ispaniyada o‘tkazilishi mumkin

2030 yilgi mundial finali Ispaniyada o‘tkazilishi mumkin

2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati finalini Ispaniya qabul qilishi kutilmoqda. BBC xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turnirni Ispaniya, Portugaliya va Marokash hamkorlikda o‘tkazadi. Musobaqaning ilk uch uchrashuvi esa mundialning 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

Lusanning aytishicha, Ispaniya yillar davomida yirik musobaqalarni yuqori saviyada tashkillashtira olishini isbotlab kelgan va 2030 yilgi mundialda yetakchi rolni o‘ynaydi. U final aynan shu mamlakatda o‘tishini ta’kidlagan, biroq qaysi stadion tanlangani haqida ma’lumot bermagan.

Avvalroq Marokash tomoni finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” stadionida o‘tkazishni istayotganini bildirgan edi. Ushbu arena 2028 yilda bitkazilishi rejalashtirilmoqda va 115 ming tomoshabinga mo‘ljallanishi aytilmoqda. FIFA esa hal qiluvchi o‘yin qayerda bo‘lishi yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi mundial finali Ispaniyada o‘tkazilishi mumkin