Munir El Xaddadi "Barselona"da Messining o'rniga o'tirib qolganini yodga oldi

Munir El Xaddadi "Barselona"da Messining o'rniga o'tirib qolganini yodga oldi
Qisqacha

Munir El Haddadi "Barselona"dagi ilk kunlarida Lionel Messi, Luis Suarez va Neymar kabi yulduzlar bilan birga bo'lishdan hayajonlanganini esladi. U 18 yoshida jamoa kiyim almashtirish xonasida o'ziga joy qidirayotganida, tajribali futbolchilar unga bo'sh joyni ko'rsatishgan, lekin bu joy aslida Messi'ga tegishli edi. Munir bu voqeani eslab, "18 yoshda o'z joyingda o'tirganingda Leo kelib senga qarasa, bu juda ajoyib" deya ta'kidladi. Hozirda u "Istiqlol" klubida o'ynamoqda.

Munir El Xaddadi "Barselona"dagi ilk kunlarida jamoaning yulduz futbolchilari tomonidan qilingan hazilni yodga oldi. Yosh hujumchi Lionel Messi, Luis Suares va Neymar kabi yulduzlar bilan bir kiyim almashtirish xonasida bo'lishdan hayajonlangan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

18 yoshli Munir jamoa mehmonxonasida o'tirish uchun joy qidirayotganida, tajribali futbolchilar unga bo'shdek ko'ringan joyni ko'rsatishgan. U jamoadoshlarining ko'rsatmasiga ishonib, o'sha joyga o'tirgan.

Biroq, bu joy aslida Lionel Messiga tegishli edi. Munir bu holatni shunday eslaydi: «Tasavvur qiling...

18 yoshda o'z joyingda o'tirsang va Leo kelib senga qarab tursa. Ular menga hazil qilishgan, bunga ishonolmayman».

Hozirda 30 yoshda bo'lgan Munir "Barselona" safida 56 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urgan. 2025 yil sentyabridan beri u Eronning "Istiqlol" klubida to'p surmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar