Pentagon harbiylari Google va SpaceX sun'iy intellektidan foydalanadi

Pentagon yettita sun'iy intellekt kompaniyasi bilan maxfiy tarmoqlarda ilg'or texnologiyalarni joriy etish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda mudofaa vazirligi ma'lum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ro'yxatga SpaceX, OpenAI, Google, Nvidia, Reflection AI, Microsoft va Amazon Web Services kiritilgan. Ularning mahsulotlari harbiylarning nozik masalalarda kengroq foydalanishi uchun maxfiy tarmoqlarga integratsiya qilinadi.
Anthropic kompaniyasi ushbu ro'yxatdan joy olmadi. Bunga uning sun'iy intellekt vositalaridan harbiylar foydalanishiga qo'ygan cheklovlari sabab bo'lgan.
Yil boshida Pentagon ushbu startapni ta'minot zanjiri uchun xavf deb atagan edi. Natijada vazirlik va uning pudratchilariga Anthropic mahsulotlaridan foydalanish taqiqlandi.
Shuningdek, ro'yxatdan joy olgan Reflection AI kompaniyasi oktyabr oyida 2 milliard dollar jalb qilgan. Ushbu startap Donald Tramp kichik hamkor va investor bo'lgan 1789 Capital venchur firmasi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!