date

2030 yilgi mundial finalini Ispaniya qabul qilishi mumkin

2030 yilgi mundial finalini Ispaniya qabul qilishi mumkin

2030 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati final uchrashuvi Ispaniyada o'tkazilishi mumkin. BBC xabariga ko'ra, bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Luzan ma'lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, turnirni Ispaniya, Portugaliya va Marokko hamkorlikda o'tkazadi. Musobaqaning ilk uchta o'yini esa mundialning 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda bo'lib o'tadi.

Luzan Ispaniya ko'p yillardan beri yirik musobaqalarni tashkil etish bo'yicha o'z salohiyatini isbotlab kelayotganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, 2030 yilgi mundialda Ispaniya yetakchi rolni bajaradi va final ham aynan shu yerda o'tadi. Biroq u qaysi stadion tanlangani haqida aniqlik kiritmadi.

Avvalroq Marokko tomoni finalni Kasablankadagi «Grand Stad Xassan II» stadionida o'tkazishni istayotganini bildirgandi. 2028 yilga qadar yakunlanishi rejalashtirilayotgan ushbu arena 115 ming muxlisni sig'dira olishi kutilmoqda. FIFA esa hozircha hal qiluvchi o'yin qayerda bo'lib o'tishi yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi mundial finalini Ispaniya qabul qilishi mumkin