Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda “Sanfrecce Xirosima”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin taqdirini 78-daqiqada maydon egalari hal qildi: himoyachi Hayato Araki g‘alaba golini urdi. Bu natija “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko to‘plab, uchinchi pog‘onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing