Xiaomi oʻzining ilk aqlli quloqchinlarini namoyish etdi

Xiaomi prezidenti Lu Weibing kompaniyaning ilk «Open-Ear Clip-on» turidagi quloqchinlarini taqdim etdi. Yangi qurilma «Bazalt qora» rangida boʻlib, matli qoplamasi va oʻziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Quloqchinlar quloq kanaliga kiritilmaydi, balki quloq suprasiga qisqich yordamida oʻrnatiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilma nafaqat tashqi koʻrinishi, balki yuqori sifatli ovoz uzatish texnologiyasi bilan ham maqtana oladi. Xiaomi muhandislari «shaffof tovush sferasi» deb nomlangan yechimni qoʻllashgan, bu esa foydalanuvchiga atrof-muhit bilan aloqani uzmagan holda musiqadan bahramand boʻlish imkonini beradi.
Quloqchinlarning asosiy ustunligi — bu sunʼiy intellekt integratsiyasidir. Xiao Ai yordamchisi orqali qurilma nafaqat buyruqlarni bajaradi, balki foydalanuvchi bilan tabiiy muloqot qila oladi va hatto «hissiy qoʻllab-quvvatlash» funksiyasini ham taklif etadi.
Shuningdek, qurilma 21 ta tilda real vaqt rejimida tarjima qilish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, foydalanuvchilar suhbatlarni yozib olish va bir tugma bosish orqali ularning qisqacha mazmunini (xulosasini) olishlari mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!