Denzel Dyumfris Inter safida qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi

Milaning “Inter” klubi himoyachisi Denzel Dyumfrisning jarohatdan keyin qachon safga qaytishi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Paskuale Guarroning yozishicha, Dyumfris yaqin ikki hafta ichida umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, u 22 fevral kuni “Lechche”ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin. 15 fevraldagi “Yuventus” bilan uchrashuv uchun esa futbolchi qaydnomaga kiritilishi ehtimoli bor, biroq uning o'yinda maydonga tushishi juda kam ehtimol sifatida baholanmoqda.
Joriy mavsumda 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
28 yanvar kuni “Inter” Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi so'nggi bahsini Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!