Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi bilan mushtlashgan erkak halok boʻldi: oʻzbekistonlikka ayb qoʻyildi

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi bilan mushtlashgan erkak halok boʻldi: oʻzbekistonlikka ayb qoʻyildi
Qisqacha

Rossiyada, Sankt-Peterburg atrofida joylashgan Leningrad viloyatida 31 yoshli O'zbekiston fuqarosi bilan mushlashgan erkak halok bo'ldi. Voqea 25 aprel

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi bilan mushtlashgan erkak halok boʻldi: oʻzbekistonlikka ayb qoʻyildi

Rossiyaning Sankt Peterburg atrofida joylashgan Leningrad viloyatida sodir boʻlgan janjal oʻlim bilan yakunlandi. Hodisa yuzasidan 31 yoshli Oʻzbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ayblov eʼlon qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 25 aprel kuni kechqurun Sverdlov qishlogʻida roʻy bergan. Ikki erkak oʻrtasida chiqqan mushtlashuvdan soʻng ulardan biri voqea joyidan qochib ketgan, ikkinchisi esa yerda harakatsiz holda qolgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar jabrlanuvchining vafot etganini tasdiqlagan. Keyinchalik uning shaxsi aniqlanib, Tver viloyatilik 45 yoshli fuqaro ekani maʼlum boʻlgan. Uning tanasida, xususan, bosh qismida jarohatlar qayd etilgan.

Tergov organlari mazkur holatni ehtiyotsizlik oqibatida oʻlimga olib kelgan ogʻir tan jarohati yetkazish sifatida baholagan. Gumonlanuvchi koʻp oʻtmay ushbu hududning oʻzida qoʻlga olingan. U rasmiy ish joyiga ega boʻlmagan 31 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi ekani maʼlum qilindi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ikki shaxs oʻrtasidagi mojaro shaxsiy munosabatlar, aniqrogʻi, ayol masalasi ortidan kelib chiqqan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar