Starlink Papua-Yangi Gvineyada sun'iy yo'ldosh internetini ishga tushirdi

"Starlink" kompaniyasi Papua-Yangi Gvineyada o'zining sun'iy yo'ldosh internetini ishga tushirganini e'lon qildi. Endilikda ushbu hududning barcha aholisi uchun past kechikishli yuqori tezlikdagi ulanish to'liq o'zlashtirildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Papua-Yangi Gvineya Okeaniyada joylashgan bo'lib, qariyb 11 million aholiga ega. Mamlakatda yuzlab turli tillarda so'zlashuvchi 800 dan ortiq qabilalar istiqomat qiladi.
Hozirgi kunda "Starlink" xizmati 160 ga yaqin mamlakat va hududlarda 10 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatmoqda. 2025-yilda kompaniya orbitaga haftasiga o'rtacha 70 dan ortiq sun'iy yo'ldosh uchirib, yuqori sur'atlarni qayd etdi.
Tarmoq aviatsiya sohasida ham kengaymoqda. Butun dunyo bo'ylab 34 ta aviakompaniya yo'lovchilar uchun sun'iy yo'ldosh internetiga ulangan bo'lib, ularning 21 tasi so'nggi uch oy ichida shartnoma imzolagan.
"SpaceX" 2026-yilda uskunalar ishlab chiqarish hajmini kuniga 50 ming to'plamgacha oshirishni rejalashtirmoqda. 2025-yilning birinchi choragida bu ko'rsatkich kuniga 15 ming to'plamni tashkil etgan.
Shuningdek, kompaniya internet tezligini sezilarli darajada oshiradigan yangi avlod stansiyasi ustida ishlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!