Oʻzbekiston aholisi soni maʼlum qilindi

O'zbekistonning doimiy aholisi 2023 yil 1 aprel holatiga ko'ra 38 million 382 ming 700 nafarga yetdi, bu o'tgan yilga nisbatan 1,8 foizga o'sishni anglatadi. 2026 yilning yanvar-mart oylarida tug'ilishlar soni 191,1 ming, vafot etganlar esa 43,5 mingni tashkil etdi, natijada tabiiy o'sish 147,6 ming kishiga teng bo'ldi. Aholi tarkibida ayollar 18 million 979 ming, erkaklar esa 19 million 257 ming 700 nafarga yetdi. Eng ko'p aholi Samarqand viloyatida, 4 million 396 ming 800 nafarga yetgan.
Joriy yilning 1 aprel holatiga muvofiq, Oʻzbekistonning doimiy aholisi miqdori 38 million 382 ming 700 nafarga yetdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga oʻsdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot taqdim etdi.
Taʼkidlanishicha, 2026 yil yanvar–mart oylari davomida tugʻilishlar soni 191,1 ming nafarni tashkil qilgan boʻlsa, vafot etganlar 43,5 ming nafarni tashkil etdi. Shu tariqa tabiiy oʻsish 147,6 ming kishiga teng boʻlgan.
Jami aholi tarkibida ayollar 18 million 979 ming nafarni, erkaklar esa 19 million 257 ming 700 nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, mamlakatga xorijiy davlatlardan koʻchib kelganlar soni 721 nafarga teng boʻlsa, xorijga chiqib ketganlar 2 277 nafarni tashkil etgan. Roʻyxatga olingan nikohlar 42,3 mingtani tashkil qilgan boʻlsa, ajralish holatlari 12,7 mingtaga yetgan.
Hududlar kesimida eng koʻp aholi Samarqand viloyatida qayd etilgan boʻlib, 4 million 396 ming 800 nafarni tashkil etmoqda. Keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati (4 million 239 ming 400 nafar) va Andijon viloyati (3 million 533 ming 900 nafar) joylashgan.






























Izohlar 0
…