date

Dembele Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin

Dembele Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin

PSJning fransuz hujumchisi Usmon Dembele Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi ehtimoli bor. Sky Sports xabariga ko‘ra, futbolchiga bo‘lgan qiziqish yozgi transfer oynasi arafasida jiddiy tus olmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, saudiyalik shayxlar “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan futbolchini olib kelish bo‘yicha ish boshlagan. Kelishuvning taxminiy qiymati hozircha ochiqlanmadi, shuningdek, Dembeleni aynan qaysi top-klub o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ham ma’lum emas.

Avvalroq Dembele PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun juda yuqori maosh talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq parijliklar prezidenti klubdagi belgilangan maosh limitidan hatto jamoaning eng yirik yulduzi sabab ham oshib ketmasligini aniq bildirib o‘tgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli Dembelening bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dembele Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin