date

Jalovich Makarov Galatasarayga qarshi debyutga tayyorligini aytdi

Jalovich Makarov Galatasarayga qarshi debyutga tayyorligini aytdi

"Kayserispor" bosh murabbiyi Radomir Jalovich jamoaning yangi futbolchisi Denis Makarovning holati haqida fikr bildirdi. Mutaxassisdan Superliga doirasida "Galatasaray"ga qarshi yaqinlashib kelayotgan o‘yinda Makarov ilk bor maydonga tushishga tayyormi, degan savol berildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jalovichning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik futbolchi debyut uchrashuvini o‘tkazishga tayyor. Murabbiy Makarovning start tarkibida boshlashi yoki zaxiradan maydonga tushishi masalasi o‘yin arafasida hal bo‘lishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Denis Makarov "Kayserispor" safiga Moskvaning "Dinamo" klubidan kelib qo‘shilgan.

"Galatasaray" — "Kayserispor" uchrashuvi yakshanba kuni, 1-fevralda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda "Kayserispor" Turkiya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jalovich Makarov Galatasarayga qarshi debyutga tayyorligini aytdi