date

Mbappe «Real»da yolg‘iz qoldi, ziddiyatlar kuchaymoqda...

Madridning Real Madrid klubida ichki muhit tobora taranglashib bormoqda. Jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Kilian Mbappe ayrim jamoadoshlarining munosabati va harakatlaridan qattiq norozi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda taniqli jurnalist François Gallardo ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, eng katta muammo Mbappe va Vinisius Junior o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatilmoqda. Ikki yulduz o‘rtasidagi ziddiyat haqida Ispaniya ommaviy axborot vositalari avval ham yozgan edi. Endi esa bu qarama-qarshilik yanada keskinlashgani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Kilian Mbappe o‘zini jamoada to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotgandek his qilmayapti. Ayniqsa, maydon ichida va tashqarisida ayrim futbolchilar bilan munosabatlar sovuqlashgani fransuz hujumchisining kayfiyatiga ta’sir o‘tkazmoqda.

Futbol tahlilchilarining ta’kidlashicha, Mbappening ishlarini yuritayotgan onasi Fayza Lamari ham vaziyatdan jiddiy xavotirda. Hatto u “Real” rahbariyati oldiga keskin talab qo‘yishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalmoqda. Xabarlarga qaraganda, Fayza Lamari klubdan kelajakda yo o‘g‘lini, yoki Vinisius Juniorni asosiy loyiha sifatida tanlashni so‘rashi mumkin.

Shu bilan birga, Mbappening individual statistikasi hali ham hayratlanarli darajada yuqori bo‘lib qolmoqda. Fransiyalik superyulduz joriy mavsumda Real Madrid safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol muallifiga aylandi. U ham La Ligada, ham Chempionlar ligasida jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Biroq Mbappening yuqori natijalariga qaramasdan, madridliklar bu mavsumni yirik sovrinlarsiz yakunlashi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Bu holat esa klub atrofidagi bosimni yanada kuchaytirmoqda.

Muxlislar orasida esa bitta asosiy savol dolzarb bo‘lib qolmoqda: Real Madrid kelajakni qaysi yulduz atrofida qurmoqchi — Kilian Mbappe atrofidami yoki Vinisius Junior atrofida? Hozircha bu savolga aniq javob yo‘q, ammo klub ichidagi vaziyat tobora qizib borayotgani sezilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe «Real»da yolg‘iz qoldi, ziddiyatlar kuchaymoqda...