date

Meta yoshni aniqlash uchun sun'iy intellektni ishga tushirdi

Meta yoshni aniqlash uchun sun'iy intellektni ishga tushirdi

"Meta" kompaniyasi "Facebook" va "Instagram" ijtimoiy tarmoqlarida 13 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarni aniqlash va ularni o‘chirib tashlash uchun sun’iy intellekt tizimidan foydalanishni boshladi. Yangi texnologiya foydalanuvchilarning suratlari va videolarini skanerlash orqali ularning yoshini taxmin qiladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, sun’iy intellekt insonning bo‘yi va suyak tuzilishi kabi vizual belgilarni tahlil qiladi. "Meta" bu jarayon yuzni tanish texnologiyasi emasligini, balki umumiy vizual ma’lumotlar asosida yoshni aniqlash ekanini ta’kidlamoqda.

Vizual tahlillar matnli ma’lumotlar va foydalanuvchi harakatlari bilan birlashtiriladi.

Agar tizim foydalanuvchini 13 yoshdan kichik deb topsa, uning akkaunti bloklanadi. Bunday holatda foydalanuvchi o‘z yoshini tasdiqlash jarayonidan o‘tishi kerak bo‘ladi, aks holda profil butunlay o‘chirib tashlanadi.

Hozirda ushbu tizim tanlangan mamlakatlarda ishlamoqda, biroq kelajakda butun dunyo bo‘ylab joriy etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kompaniya Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati va Braziliyada o‘smirlar uchun maxsus xavfsiz akkauntlar tizimini kengaytirmoqda. Bunday profillarda begonalardan xabar olish cheklanadi va zararli sharhlar avtomatik ravishda yashiriladi.

AQSHda esa ushbu texnologiya birinchi marta "Facebook" platformasida ham qo‘llanila boshlan

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Meta yoshni aniqlash uchun sun'iy intellektni ishga tushirdi