date

OpenAI 2027-yilda o'zining ilk smartfonini ishlab chiqaradi

OpenAI 2027-yilda o'zining ilk smartfonini ishlab chiqaradi

OpenAI kompaniyasi o'zining ilk apparat mahsuloti — ChatGPT tizimiga asoslangan smartfonni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Tahlilchi Ming-Chi Kuo bergan ma'lumotlarga ko'ra, kompaniya loyihani jadallashtirgan va 2027 yil boshida qurilmani ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Theverge.com xabar beradi.

Yangi smartfon MediaTek Dimensity 9600 protsessorining maxsus versiyasida ishlaydi. Qurilmaning asosiy xususiyati tasvir signallarini qayta ishlovchi ISP protsessori bo'lib, u HDR texnologiyasini sezilarli darajada yaxshilaydi va vizual sensor imkoniyatlarini kengaytiradi.

Texnik jihatdan smartfon LPDDR6 xotirasi va UFS 5.0 saqlash tizimi bilan jihozlanishi kutilmoqda. Shuningdek, unda til va tasvir vazifalarini bir vaqtda bajarishga mo'ljallangan qo'shaloq NPU arxitekturasi qo'llaniladi.

Ekspertlar 2027-2028-yillar davomida ushbu qurilmaning sotuv hajmi 30 million donaga yetishini taxmin qilmoqda. Bu ko'rsatkich OpenAI smartfonini bozor ulushi bo'yicha "Samsung" flagmanlari darajasiga olib chiqishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » OpenAI 2027-yilda o'zining ilk smartfonini ishlab chiqaradi