Intel kvant texnologiyalari sohasiga yirik sarmoya kiritdi

Niderlandiyaning QuantWare kompaniyasi 176 million dollarlik yirik investitsiya raundini yakunlaganini eʼlon qildi. Ushbu mablagʻlar 10 000 kubitli quvvatga ega boʻlishi kutilayotgan VIO-4K kvant protsessorini ishlab chiqishga yoʻnaltiriladi. Yangi investorlar qatorida Intel Capital, In-Q-Tel va ETF Partners kabi nufuzli tashkilotlar oʻrin olgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, VIO-4K oʻz tarixidagi eng kuchli va energiya tejamkor kvant protsessori boʻladi. U hozirgi bozordagi ilgʻor yechimlardan 100 barobar koʻproq masshtabga ega boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, VIO arxitekturasi ochiq platforma sifatida taqdim etilishi alohida qayd etilgan.
QuantWare ayni vaqtda KiloFab loyihasi ustida ham ishlamoqda. Bu ochiq arxitekturaga ega kvant protsessorlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan dunyodagi eng yirik ixtisoslashgan zavod boʻladi. Ushbu maydonning ishga tushirilishi kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatini 20 barobarga oshirish imkonini beradi.
Hozirgi kunda QuantWare oʻz yechimlarini 20 ta mamlakatdagi 50 dan ortiq mijozlarga yetkazib bergan. Kompaniya rejasiga koʻra, ilk VIO-4K protsessorlari 2028-yilga qadar bozorga chiqarilishi kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!