date

N’Golo Kante faoliyatini Al-Nasrda davom ettirishi mumkin

N’Golo Kante faoliyatini Al-Nasrda davom ettirishi mumkin

«Al-Ittihod» yarim himoyachisi N’Golo Kante Saudiya Arabistonida klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning sobiq yuridik bo‘lim direktori Saad Al Subayya bergan ma’lumotga ko‘ra, klub fransuz tayanch yarim himoyachisini tarkibga qo‘shishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bitim yanvar oyi yakuniga qadar rasmiylashishi mumkin.

Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Al-Ittihod»ga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 4,5 mln yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » N’Golo Kante faoliyatini Al-Nasrda davom ettirishi mumkin