Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenxua yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida yutqazib, navbatdagi bor ochkolarni qo'ldan chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada yaponlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan g'alaba golini urdi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinni egallab turibdi. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing