N’Golo Kante Al-Nasrga o‘tishi mumkin

“Al-Ittihad” yarim himoyachisi N’Golo Kante klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Al-Nasr”ning sobiq yuridik bo‘limi direktori Saad Al Subay ma’lumotiga ko‘ra, Ar-Riyod klubi fransuz tayanch yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Bitim yanvar oyi yakuniga qadar rasmiylashishi mumkin.
Kante 2023 yilda “Chelsi”dan erkin agent sifatida “Al-Ittihad”ga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 uchrashuv o‘tkazib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi. Transfermarkt portali yarim himoyachini 4,5 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing