date

Dembele ham Saudiya chempionatiga yoʻl olishi mumkin

Dembele ham Saudiya chempionatiga yoʻl olishi mumkin

Fransuz hujumchi, “PSJ” futbolchisi Usman Dembele Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyatini davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, saudiyalik shayxlar yozgi transfer oynasi uchun “Oltin to‘p” sohibini olib kelish bo‘yicha ish boshlagan. Ehtimoliy kelishuv summasi hozircha oshkor qilinmadi, shuningdek, Dembele uchun qaysi saudiyalik top-klub harakat qilayotgani ham noma’lum.

Avvalroq Dembele “PSJ” bilan shartnomani uzaytirish uchun juda yuqori maosh talab qilayotgani haqida yozilgandi. Biroq parijliklar prezidenti jamoaning yetakchi yulduzi bo‘lsa ham, klubdagi belgilangan maosh limitidan oshmasligini aniq bildirib o‘tgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli Dembele transfer qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dembele ham Saudiya chempionatiga yoʻl olishi mumkin