Slutskiy boshqaruvidagi jamoa Osiyoda yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqarayotgan «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi omadsiz uchrashuvni o'tkazdi. Xitoy klubi safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindagi yagona gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Xayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga galaba keltirdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinni egallab turibdi. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing