Sergio Ramos Sevillaning yangi prezidenti boʻlishi mumkin

1 daqiqa o'qish258
Sergio Ramos Sevillaning yangi prezidenti boʻlishi mumkin

Ispaniya futboli afsonasi Sergio Ramos oʻzining ona klubi Sevillani sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Sobiq sport direktori Monchining soʻzlariga koʻra, 39 yoshli himoyachi shunchaki faxriy lavozim bilan cheklanib qolmay, klub boshqaruvida markaziy figuraga aylanishni maqsad qilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirgi vaqtda Sergio Ramos Five Eleven Capital investitsiya guruhi koʻmagida Sevilladagi moliyaviy va boshqaruv inqirozini bartaraf etish uchun konsorsiumga boshchilik qilmoqda. Klub ayni damda La Ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda va muxlislar ushbu oʻzgarishlarni katta umid bilan kutishmoqda.

Monchi oʻz intervyusida Ramosning klub kelajagidagi qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etish istagida ekanligini tasdiqladi. Agar ushbu xarid muvaffaqiyatli yakunlansa, tajribali futbolchi professional faoliyatini yakunlab, klub rahbariyatida ish boshlashi kutilmoqda.

Sevilla ayni damda turnir jadvalida 17-oʻrinda bormoqda va xavfli zonadan atigi bir ochko yuqorida joylashgan. Mavsum yakuniga qadar qolgan toʻrtta oʻyin jamoaning kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?