Pep Guardiola maslahati: Vinsent Kompani Bavariyada qanday paydo bo'ldi?

Bavariya faxriy prezidenti Uli Xyones klub boshqaruviga Vinsent Kompanining tayinlanishi ortida Pep Guardiola bilan bo'lgan maxfiy suhbat turganini ma'lum qildi. Myunxen klubi rahbariyati yangi murabbiy izlash jarayonida Julian Nagelsmann, Ralf Rangnik va Xansi Flik kabi nomzodlar bilan muzokara olib borgan bo'lsa-da, yakunda aynan belgiyalik mutaxassis tanlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Uli Xyonesning so'zlariga ko'ra, Pep Guardiola klub rahbariyatiga Kompanini ko'zi yopiq holda ishga olishni maslahat bergan. Manchester Siti ustozi agar Bavariya uni hozir qo'lga kiritmasa, yaqin ikki-uch yil ichida u Manchester Siti boshqaruviga o'tishi mumkinligini ta'kidlagan.
Vinsent Kompani Bavariyadagi faoliyati davomida o'zining mehnatsevarligi va intizomi bilan klub rahbariyatini hayratda qoldirdi. U jamoada ishga bo'lgan munosabatni butunlay o'zgartirib, mashg'ulot bazasiga birinchi bo'lib kelib, oxirgi bo'lib ketadigan murabbiy sifatida o'zini ko'rsatdi.
Tomas Tuxel davridagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng, Kompani jamoani qayta tiklashga muvaffaq bo'ldi. Uning qo'l ostida Bavariya ketma-ket ikki marta Bundesliga chempionligini qo'lga kiritib, Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!