Real Madridda inqiroz: Mbappe va Rüdiger o‘rtasidagi ziddiyatlar

Real Madrid ichki muhitida yuzaga kelgan muammolar jamoada jiddiy xavotirlarni keltirib chiqardi. El Klasiko oldidan yulduz futbolchilar Kylian Mbappe va Antonio Rüdigerning kiyim almashtirish xonasidagi keskin munosabatlari klubdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachi Antonio Rüdiger mashg‘ulotlar vaqtida jamoadoshlari bilan tortishib qolgan. Garchi u keyinchalik uzr so‘rab, vaziyatni yumshatishga uringan bo‘lsa-da, bu voqea jamoa ichidagi taranglikni oshirib yubordi. Klub rahbariyati himoyachiga nisbatan rasmiy intizomiy chora ko‘rmagan.
Shu bilan birga, Kylian Mbappe ham murabbiylar shtabi bilan kelishmovchilikka borgan. Mashg‘ulotlar jarayonida ofsayd holati bo‘yicha hakamlik qilayotgan xodimga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lgani va haqoratli so‘zlar ishlatgani aytilmoqda. Bu holat fransiyalik hujumchi va texnik xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashganidan dalolat beradi.
Ushbu voqealar Barselona bilan bo‘ladigan hal qiluvchi bahs oldidan jamoa ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Valdebebasdagi mashg‘ulotlar bazasida muhit har qachongidan ham taranglashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!