date

Bayer Myonxengladbaxda Borussiya bilan durang o'ynadi

Bayer Myonxengladbaxda Borussiya bilan durang o'ynadi

Bundesliganing 21-turida "Bayer" safarda Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Leverkuzen klubi birinchi bo'limda darvozaga aniq zarba yo'llay olmaganiga qaramay, tanaffusga qadar hisobni tenglashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Haris Tabakovich xavfli zarba berdi, darvozabon to'pni ushlab qola olmadi va qaytgan to'pni Yannick Engelhardt darvozaga yo'naltirib, hisobni ochdi — 1:0. 45-daqiqada esa Alesha Garsiyaning zarbasidan so'ng to'p Filip Zanderga tegib darvozaga kirib ketdi — avtogol, 1:1.

Ikkinchi bo'lim boshida Patrik Shik kuchli zarba bilan to'pni to'singa tekkizib qo'ydi, ammo "Bayer" g'alaba golini topa olmadi.

Natijada bahs 1:1 hisobida yakunlandi. "Bayer" ushbu durangdan keyin turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi, "Borussiya" esa 12-pog'onaga joylashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bayer Myonxengladbaxda Borussiya bilan durang o'ynadi