Honor 600 smartfonlari 25-may kuni taqdim etiladi

Honor kompaniyasi o‘zining yangi Honor 600 smartfonlar turkumini 25-may kuni Xitoyda rasman namoyish etishini e’lon qildi. Hozirda JD.com, TMall va Honor Mall kabi yirik platformalarda qurilmalar uchun oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi smartfonlarning eng ajralib turadigan jihati — bu Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan 8600 mA·soat sig‘imli akkumulyator. Global versiyalar esa 7000 mA·soatlik batareya bilan jihozlanishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilma mobil suratga olish sifatini oshiruvchi yangi Live Mode rejimi bilan boyitilgan.
Texnik jihatdan Honor 600 flagman Snapdragon 8 Gen 5 protsessori va Android 16 bazasidagi MagicOS 10 tizimida ishlaydi. 6,57 dyuymli 1,5K ekran 120 Hz yangilanish tezligi va 8000 nit yorqinlikka ega bo‘lib, ekran atrofidagi ramkalar atigi 0,98 mm ni tashkil etadi.
Kamera imkoniyatlari ham yuqori darajada: 200 MP asosiy sensor, 50 MP old kamera va 50 MP qo‘shimcha modul o‘rnatilgan. AI Image to Video 2.0 texnologiyasi, 30 karrali raqamli zum va IP69 darajasidagi suv hamda changdan himoya smartfonning asosiy afzalliklaridandir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!