Borussiya Borussiya Borussiya Borussiya Borussiya Dortmund yosh iqtidor egasi Kennet Eichhorn bilan qiziqmoqda

Borussiya Borussiya Borussiya Borussiya Borussiya Dortmund sport direktori Ole Book klubning transfer bozoridagi asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan Kennet Eichhorn bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi. U 16 yoshli yarim himoyachining ijodkorlik qobiliyatini yuqori baholadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
"Biz Kennetni yaxshi bilamiz va u bizga yoqadi. Boshqa ko‘plab klublar qatori biz ham uni kuzatib bormoqdamiz. Kelgusida nimalar bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi", — deya ta’kidladi Ole Book ochiq mashg‘ulotlar chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida.
Bild nashrining xabar berishicha, dortmundliklar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. Ole Book va yosh futbolchi o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv transfer jarayonida hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.
Shunga qaramay, futbolchi uchun kurash juda qizg‘in kechmoqda. Eichhorn xizmatlariga Bayer Leverkuzen, RB Leyptsig hamda Bavariya klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Guardiola ham iqtidorli yarim himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgani xabar qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!