Ronaldu o'ynmagan o'yinda Al-Nasr g'alabasini olqishladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra, OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr yetakchisisiz ham barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozondi: Tojikistonda Istiqlol 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Natijada Al-Nasr guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'l oldi.
O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining birinchi o'rindan chiqgani haqidagi postni ulashdi va unga ikki emoji — olov hamda qarsaklar belgisini qo'shdi.
40 yoshli futbolchining Al-Nasr bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Shu bilan birga, internetda Ronaldu va Tojikiston haqidagi soxta xabar ham muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!