Shomurodov asosiyda: "Bashakshehir" bugun "Qosimposho"ni qabul qiladi

Turkiya Superligasining 31-turi doirasida bugun Istanbul shahrida qiziqarli bahslardan biri boʻlib oʻtadi. Unda «Bashakshehir» oʻz maydonida «Qosimposho» jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da start oladi.
Muxlislar uchun eng asosiy yangilik — Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu esa oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari uchun alohida qiziqish uygʻotmoqda. Shomurodovdan hujumda faol oʻyin va jamoasiga foydali harakatlar kutilmoqda.
Afsuski, yana bir yurtdoshimiz Abbos Fayzullayev jarohati sabab ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Uning yoʻqligi jamoa uchun maʼlum darajada yoʻqotish boʻlishi mumkin.
«Bashakshehir»ning boshlang‘ich tarkibi ham eʼlon qilindi. Darvozada Muhammed oʻyinni boshlasa, himoya chizigʻida Umar Ali, Duarte, Opoku va Kazimjon harakat qiladi. Yarim himoyada Kemen, Umut va Yusuf Sari joy olgan boʻlsa, hujum chizigʻida Harit, Bertugʻ hamda Eldor Shomurodov ishtirok etadi.
Qisqasi, bugungi bahs nafaqat jamoalar uchun muhim ochkolar, balki oʻzbekistonlik muxlislar uchun ham alohida ahamiyatga ega. Barcha nigohlar Shomurodovning oʻyiniga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!