Anchelotti Endrikka Braziliya terma jamoasida alohida rol beradi

Hujumchi Endrik qishki transfer oynasida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga ko'chib o'tgach, Fransiyada yorqin o'yini bilan ko'zga tashlanmoqda. Shu fon’da Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni yaqinlashib kelayotgan yig'inga chaqirishni ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri L’Equipe ma’lumotiga tayanib yozishicha, Endrik mart oyidagi navbatdagi xalqaro tanaffus paytida Braziliya terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.
Mart oxirida Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!