Maynts futbolchisi penaltidagi seriyasi bilan Mbappeni quvmoqda

Germaniya chempionatining 21-turida «Maynts» o'z maydonida «Augsburg»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning e'tiborli jihati shundaki, har ikkala gol ham penaltilardan kiritildi va ikki vaziyatda ham yarim himoyachi Nadim Amiri aniq zarba berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Joriy mavsumda «Maynts»ning eng sermahsul futbolchisi bo'lib turgan Amiri hisobida 9 ta gol bor, shularning 7 tasi 11 metrlik nuqtadan urilgan. Penaltilardan kiritilgan gollar soni bo'yicha u Yevropada faqat bitta futbolchidan ortda: madridlik «Real» safida Kilian Mbappe allaqachon 8 marta penaltini golga aylantirgan. Hozir «Maynts» Germaniya chempionati turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing