Harry Kane va penalti mojarosi: Bavariya va Volfsburg o'rtasidagi bahs

1 daqiqa o'qish974
Harry Kane va penalti mojarosi: Bavariya va Volfsburg o'rtasidagi bahs

Volfsburgga qarshi kechgan bahsda Bavariya hujumchisi Garri Keyn o‘zining Bundesligadagi 24 ta muvaffaqiyatli penaltidan so‘ng ilk bor xatoga yo‘l qo‘ydi. Vaziyatga raqib himoyachisi Jeanuyel Belotsianning penalti nuqtasini oyoqlari bilan ataylab buzib qo‘ygani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvdan so‘ng ushbu harakat "iflos hiyla"mi yoki o‘yinning bir qismi degan savol qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Volfsburg futbolchisi Patrikk Vimmer bu kabi usullarni qiyin vaziyatdagi jamoalar uchun odatiy hol deb atadi, ammo Bavariya vakillari bunga keskin munosabat bildirishdi.

Bavariya yosh futbolchisi Tom Bischof bu harakatni nomaqbul deb atab, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, fair play tamoyillariga amal qilish kerakligini ta’kidladi. Jamoa darvozaboni Jonas Urbig vaziyatga xotirjam yondashgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Vinsent Kompani ikki tomonlama fikr bildirdi.

Vinsent Kompani raqibning bu qilig‘ini ma’qullamasa-da, Volfsburgning jon saqlab qolish uchun kurashayotganini tushunishini aytdi. "Ular shunchaki taslim bo‘lishlari kerakmidi?" deya savol tashladi murabbiy vaziyatga nisbatan vazminlik bilan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?