Ronalduni to'purarlar poygasida yana ikki raqib ortda qoldirdi

Krishtianu Ronaldu o'yinlarda ko'rinmayotgan bir paytda, uning asosiy raqiblari gollarni urishda davom etmoqda. Portugaliyalik hujumchi avvalroq to'purarlar ro'yxatida «Al-Ahli» futbolchisi Ayven Touniga yetakchilikni boy bergandi, endi esa undan «Al-Kadisiya» vakili Xulian Kinones ham o'zib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozircha Ronalduning hisobida 17 ta gol bor. Touni 19 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Kinones 18 ta gol bilan undan keyingi o'rinda bormoqda.
41 yoshli forvard kelasi yozdayoq Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Futbolchi Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi «Al-Hilol»ni «Al-Nasr»ga qaraganda ko'proq qo'llayotgani, shu bois chempionatda «halol raqobat» haqida gapirish qiyinligini o'ylamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!