date

The Athletic tarixdagi eng yaxshi futbolchilar reytingini e'lon qildi

The Athletic tarixdagi eng yaxshi futbolchilar reytingini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi roʻyxati keng muhokamaga sabab boʻlmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning top-10 taligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash, Mishel Platini.

Bunday roʻyxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani yana bir bor isbotlandi: Reddit'da futbol muxlislari bahsi qizib ketdi. Ayrimlar uch karra jahon chempioni boʻlgan Pele nega faqat uchinchi oʻringa qoʻyilgani bilan norozi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona hisoblangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-oʻrinni egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic tarixdagi eng yaxshi futbolchilar reytingini e'lon qildi