Arsenal Mateus Fernandesni tarkibga qo‘shib olmoqchi

Mikel Arteta yozgi transferlar oynasida Arsenal yarim himoyasini yangilashni maqsad qilgan. Londonliklar Vest Xem United yulduzi Mateus Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning maydon markazidagi universalligi Arteta talablariga to‘liq mos keladi.
Transfer uchun kurashda Arsenal yolg‘iz emas. PSJ ham iqtidorli yarim himoyachini kuzatmoqda. Agar Vest Xem United mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketsa, klub moliyaviy qoidalarga rioya qilish uchun Fernandesni sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
Arsenal ayni damda Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurashmoqda va Chempionlar ligasi finalida PSJga qarshi bahs olib boradi. Shundan so‘ng, klub transfer bozorida faolroq harakat boshlashi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!