Ronaldu to'purarlar poygasida ortda qolib bormoqda

Krishtianu Ronaldu maydonlardan chetda qolayotgan bir paytda, uning raqiblari gol urishda davom etmoqda. Avvalroq portugaliyalik hujumchi to'purarlar ro'yxatida «Al-Ahli» vakili Ayven Toniga yetakchilikni boy bergandi, endi esa uni «Al-Kadisiya» futbolchisi Xulian Kinones ham ortda qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ronaldu hisobida hozircha 17 ta gol bor. Toni 19 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Kinones 18 ta gol bilan undan ham oldinga chiqdi.
41 yoshli forvard esa kelayotgan yozdayoq Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. U Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi «Al-Hilol»ga «Al-Nasr»ga qaraganda ko'proq ko'mak berayotganini o'ylamoqda va shu sabab chempionatda teng raqobat haqida gapirish qiyinligini ta'kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!