Kayserispor murabbiyi Chalov dushanba maydonga tushishiga umid qilmoqda

Kayserispor bosh murabbiyi Radomir Djalovich Fyodor Chalovning turk klubidagi ehtimoliy debyuti haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
CSKA sobiq hujumchisi Turkiya chempionatiga Gretsiyaning PAOK klubidan ijara asosida ko'chib o'tdi. Kayserisporda hozirning o'zida yana ikki rossiyalik hujumchi — German Onugxa va Denis Makarov to'p surmoqda.
«Chalov dushanba kuni maydonga tushishga tayyor bo'ladi, deb umid qilaman», — deya mutaxassis so'zlarini «Chempionat» keltiradi.
Ayni paytda Chalovning yangi jamoasi Turkiya chempionati jadvalida 17-o'rinda bormoqda. Djalovich shogirdlari 20 turdan so'ng 15 ochko jamg'argan.
9-fevral, dushanba kuni Kayserispor o'z maydonida Kodjaelisporni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing