Xabi Alonso Chelsi bosh murabbiyligiga tayinlanish uchun kafolatlar talab qilmoqda

1 daqiqa o'qish263
Xabi Alonso Chelsi bosh murabbiyligiga tayinlanish uchun kafolatlar talab qilmoqda

Chelsi klubi Xabi Alonsoni bosh murabbiy lavozimiga olib kelish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirdi. Ispaniyalik mutaxassis London klubi bilan shartnoma imzolashdan avval jamoaning kelajakdagi loyihasi va o‘z vakolatlari bo‘yicha aniq kafolatlar olishni istamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Alonso Real Madriddagi qisqa va muvaffaqiyatsiz kechgan faoliyatidan so‘ng ehtiyotkorlik bilan ish tutmoqda. U o‘zining murabbiylik qarashlarini amalga oshirish uchun barqaror muhit zarurligini ta’kidlamoqda. Real Madrid prezidenti Florentino Perez esa Alonsoning iste’fosiga murabbiyning aybi emas, balki jamoadagi jarohatlar va tig‘iz taqvim sabab bo‘lganini tan oldi.

Chelsi rahbariyati Alonsoni jamoani inqirozdan olib chiqadigan va futbolchilarning hurmatini qozona oladigan nomzod deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, klub zaxira variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Nomzodlar ro‘yxatidan Andoni Iraola va Marko Silva kabi mutaxassislar ham o‘rin olgan.

Hozirda Angliya Premer-ligasida to‘qqizinchi o‘rinda borayotgan Chelsi kelasi mavsumda Yevropa musobaqalariga qaytishni maqsad qilgan. Alonsoning Bayer Leverkuzen bilan Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgani va o‘yinchi sifatidagi boy tajribasi uni londonliklar uchun eng ustuvor variantga aylantirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?