date

Bukayo Saka muxlisning taʼsirli xatiga javob qaytardi

Bukayo Saka muxlisning taʼsirli xatiga javob qaytardi

"Beast Mode On" podkastining navbatdagi sonida Arsenal yulduzi Bukayo Saka oʻziga atab yozilgan juda taʼsirli xatni oʻqib eshittirdi. Muxlis tomonidan yoʻllangan ushbu maktubda futbolchining klub uchun naqadar muhim shaxs ekani va u yosh muxlislar uchun chinakam ilhom manbai boʻlib xizmat qilayotgani alohida taʼkidlangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Muxlis oʻz xatida shunday deb yozadi: "Bukayo Saka shunchaki tarkibdagi bir ism emas, u tribunadagi muxlislarni oʻrnidan turgʻaza oladigan futbolchi. U – qanot hujumchisi qiyofasidagi umid. U yosh bolalarga oʻz orzulariga ishonishni oʻrgatadi va har bir oʻyinda chin dildan zavq olib harakat qiladi. Bukayo bizdan biri va Arsenal muxlisi uchun bu juda muhim".

Saka yetti yoshidan buyon Arsenal tizimida tarbiyalanib, klub akademiyasidan asosiy tarkib yetakchisiga aylangan. Podkast boshlovchisi Adebayo Akinfenwa bilan suhbatda 24 yoshli futbolchi bu soʻzlardan juda taʼsirlanganini yashirmadi.

"Rahmat, bu juda goʻzal. Xatdagi soʻzlardan uning chinakam Arsenal muxlisi ekanini darrov angladim. Biz birga oʻtkazgan baʼzi lahzalar muxlislar uchun bunchalik katta ahamiyatga ega boʻlganini bilmasdim. Insonlardan bunday mehrni his qilish juda yoqimli", – deya taʼkidladi Saka.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bukayo Saka muxlisning taʼsirli xatiga javob qaytardi