Ronaldusiz g'alaba qozongan Al-Nasrga Krishtianu ishorasi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o'yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, "Al-Nasr" sardorisiz ham ishonchli natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvida ham g'alaba qozondi: Tojikistonda "Istiklol" 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Shu tariqa jamoa guruh bosqichini 5 o'yindan 5 g'alaba bilan yakunladi.
O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda "Al-Nasr"ning guruhni birinchi o'rinda tugatib, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni ulashdi. Krishtianu postga ikki emoji — olov va qarsaklar belgisi — qo'shish bilan cheklangan.
40 yoshli hujumchining "Al-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Shuningdek, internetda Krishtianu Ronaldu va Tojikiston bilan bog'liq soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!