Keyn va Olise Bavariyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Germaniya Bundesligasining 21-turida «Bavariya» o'z maydonida «Hoffenhaym»ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani uchrashuvni boshlang'ich daqiqalardan quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Darvozada — Noyer. Himoya chizig'ida — Stanishich, Upamekano, Ta va Devis. Yarim himoyada — Kimmix hamda Pavlovich. Hujumkor uchlikda — Dias, Gnabri va Olise, markaziy hujumchi sifatida esa Keyn maydonga tushadi.
«Bavariya» – «Hoffenhaym» bahsi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Myunxendagi o'yin jarayonini LiveResult portali matnli translatsiya orqali yoritib boradi.
Hozirda «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi Dortmundning «Borussiya»si esa bir o'yin ko'proq o'tkazgan bo'lsa-da, uch ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!