date

Ronaldu bilan vaziyat Al-Nasr murabbiyining kelajagiga ta’sir qilishi mumkin

Ronaldu bilan vaziyat Al-Nasr murabbiyining kelajagiga ta’sir qilishi mumkin

Krishtianu Ronaldu atrofidagi holat «Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezushning klubdagi kelajagiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik mutaxassis «Al-Nasr» bilan shartnoma imzolashga ko‘p jihatdan o‘zining mashhur yurtdoshi borligi sabab rozi bo‘lgani aytilmoqda. 41 yoshli hujumchi jamoa o‘yinlarini boykot qilishda davom etmoqda, yozda esa klubni tark etishi ehtimoli bor. Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Jezush Ronaldu masalasi hal bo‘lmaguncha «Al-Nasr» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqchi emas. 71 yoshli murabbiyning amaldagi kelishuvi mavsum yakunida tugaydi.

Jorje Jezush «Al-Nasr»dagi ishini 2025 yil iyulida boshlagan. Undan avval u ikki yil davomida «Al-Hilol»ni boshqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu bilan vaziyat Al-Nasr murabbiyining kelajagiga ta’sir qilishi mumkin